Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
18-sentabr kuni soat 07:28 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in soat 07:58 da qurshab olinib, soat 08:56 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q.
Yong‘inni bartaraf etish jarayoni Toshkent shahar FVB boshlig‘i nazorati ostida amalga oshirilgan. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Ulashish:
Sharhlar