O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi kamayishi mumkin
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bo‘lim boshlig‘i Alisher Ro‘ziyev kelajakda Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi pasayishini istisno qilmadi. Uning ta’kidlashicha, hozir O‘zbekistonda qurilish sohasi faol rivojlanmoqda, ba’zi obyektlardagi ish haqi esa Rossiyadagi mehnat haqi bilan raqobatlasha oladi.
“Bugungi kunda O‘zbekistonda qurilish sohasida keskin o‘sish bo‘lmoqda va tabiiy ravishda, bizdagi ish haqida Rossiya Federatsiyasidagi ba’zi obyektlarniki bilan tenglashib qoldi… Shu sababli ushbu vaziyatda Rossiyaga jo‘nab ketayotgan fuqarolamiz oqimining pasayishi tendensiyasi kuzatilishi mumkin”, — dedi Ro‘ziyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan videoko‘prik doirasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi ba’zi yirik qurilish obyektlarida qurilish ixtisosliklari bo‘lgan ishchilar oyiga 500-600 dollar ishlab topmoqda. “Tabiiyki, shuncha ish haqi uchun Rossiya Federatsiyasiga borish endi manfaatli bo‘lmay qoldi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Ro‘ziyev.
Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish geografiyasini sezilarli darajada kengaytirgan, bu, xususan, Yevropada ishchi kuchiga bo‘lgan talab hisobiga amalga oshgan.
Sharhlar