Mehribonlik uyi bolalari I-Chexiya futzal chempionati 2-oʻrin sohibi!

22-sonli Mehribonlik uyining 8 nafar tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan futbol jamoasi Chexiya Respublikasining taklif bilan joriy yilning 18-20-oktyabr kunlarida Nimburg shahrida bo‘lib o‘tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida xalqaro miqyosda o’tkazilgan musobaqada ishtirok etdi. Unda taklifga binoan  16 ta futbol jamoasi ishtirok etdilar.

19-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro I-Chexiya futzal chempionatida davlatimiz sharafini himoya qilayotgan yosh futbolchilarimiz ilk daqiqalardan boshlab peshqadamlikni qo‘lga oldi. “V” guruh bosqichida har 7 ta o‘yinda ham mutlaq g‘alabani egasiga aylandi.

O‘zbekiston-Polsha uchrashuvida durrang natijaga erishib, o‘yin so‘ngida penaltilar seriyasi belgilandi va yosh jamoamiz 1 ballni boy berib qo‘ydilar.

Natijada yosh futbolchilar 8 ta o‘yinda raqib darvozasiga 50 ta gol urdilar, faqatgina 3 ta golni o‘tkazdilar.

Jamoada Maksim – darvozabon, Daniel – chap qanot hujumchisi, Nodir- o‘ng qanot hujumchisi, Arslan – himoyachi, Namoz – himoyachi, Sanjar – markaziy yarim himoyachi, Igor – markaziy yarim himoyachi, kichkina Arslan – hujumchi sifatida to’p surib zafar qozondilar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.