O‘zbekistonlik merganlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

На международных соревнованиях в Турции снайперы Узбекистана заняли первое место
Источник: Telegram-канал mudofaavazirligi

Turkiya Respublikasida 20—31-may kunlari “Eng ilgʻor mergan jamoasi” musobaqasi oʻtkazildi. 11 davlatning 36 ta jamoa ishtirokidagi bellashuvlarda Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi ham munosib qatnashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik merganlar bir nechta shartlarda 5 marotaba rekord natijalarni qayd etib, o‘zlarining yuqori tayyorgarlikka ega ekanliklarini yana bir bor namoyon etdilar.

Musobaqa natijalariga ko’ra, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shohsupaning ikkinchi o‘rni mezbon davlat — Turkiyaga, uchinchi pog‘ona esa Bahrayn jamoasiga nasib etdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.