Merganlar Osiyo kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi

Foto: olympic.uz

Janubiy Koreyaning Suvon shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogi bosqichi oʻz yakuniga yetib bormoqda. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi bitta bronza medaliga sazovor boʻldi.

Sportchilar Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova mikst dasturida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishgan. Rejaga koʻra, ertaga yakkalik dasturida final bahslari boʻlib oʻtadi. Lekin unda o’zbekistonlik merganlar ishtiro etishmaydi.

15-16-iyun kunlari jamoaviy va yakkalik dasturdagi Parij-2024 litsenziyalari oʻynaladigan yakuniy musobaqada ishtirok etish uchun Turkiyaning Antalya shahriga yoʻl oladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.