Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosi 10:00 ga qadar bepul xizmat ko‘rsatadi
16-iyun — Qurbon Hayiti bayrami kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar bepul xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, metro yo‘lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
Ulashish:
Sharhlar