Metropolitenning yer ustidagi O‘zgarish bekatida yong‘in chiqdi
Bugun, 27-avgust kuni soat 19:48 da Toshkent shahar Sergeli tumani, “O‘zgarish” yer usti metro bekatida internet tarmoqlari orqali sodir bo‘layotgan vaziyat to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv tehnikalari etilgan manzilga soat 19:57 da yetib borib quyidagilar aniqlandi.
“O‘zgarish” yer usti metro bekatidagi kontakt relsidagi mavjud qurilmalarning birida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani aniqlandi. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Voqeaga Toshkent metropoliteni quyidagicha munosabat bergan.
“Joriy yilning 27-avgust sanasi soat 19:28 lar atrofida O‘zgarish bekatining kontakt relsidagi mavjud qurilmalardan birida qisqa tutashuv holati sodir bo‘lgan. Yuzaga kelgan nosozlik mashinist hamda bekatdagi metropoliten hodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan. Bu vaqt davomida poyezd ichidagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va 4 daqiqadan so‘ng poyezd harakati qayta tiklangan. Hodisa natijasida hech kimga hech qanday talofot yetmagan”, – deyiladi.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz.
Sharhlar