MIB va nuroniylar aralashuvi bilan ajrim yoqasidagi oila yarashdi
MIBning Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan O.J.dan AA. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi, deb yozmoqda axborot xizmati.
Ish hujjatlariga ko‘ra, er-xotin hali yosh, o‘rtadagi farzand esa ota-ona mehriga hali to‘ymagan.
“Ijro ishi bo‘yicha nafaqat qarzdor-undiruvchi, balki bobo-buvilar ham taklif etilib o‘tkazilgan suhbat, tushuntirish ishlari natijasida oila yarashtirildi”, – deydi MIB Marg‘ilon shahar bo‘limi davlat ijrochisi Ziloliddin Abdumutalov.
Majburiy ijro harakatlariga olib borishga ehtiyoj qolmadi, ijro hujjati tamomlandi.
Ulashish:
Sharhlar