MIBning Andijon va Fargʻona viloyatlari boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi
Alimov Ayubxon Alimovich — MIBning Andijon viloyat boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Bungacha u Byuroning Fargʻona viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Salmanov Otabek Bahodirovich — MIBning Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Ulashish:
Sharhlar