“Microsoft” tizimidagi uzilishlar O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmadi
Uzbekistan Airports “Microsoft” tizimidagi uzilishlar yuzasidan munosabat bildirdi. Unda keltirilishicha, “Microsoft” ishidagi global uzilishlar O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmagan.
“Ayni damda barcha aerodromlarda uchish va qo‘nish jarayonlari odatdagidek davom etmoqda. Aviakompaniyalar yoʻlovchilarni roʻyxatga olishda dasturiy nosozliklarga duch kelgan taqdirda, “Uzbekistan Airports” aviatashuvchilarga oʻzining muqobil roʻyxatga olish tizimini taklif qilishga tayyor”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq, dunyo bo’ylab aeroportlar, banklar va kompaniyalar Windows ishlamay qolganligi sababli texnik muammolar yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar