Migrantlar yotoqxonasiga hujum qilgan rossiyalik shaxs 7 yilga qamalishi mumkin

Ochiq manba

2024-yil 29-iyun kuni ertalab uch kishidan iborat to‘da migrantlar istiqomat qiladigan korxona yotoqxonasiga bostirib kirgan. Ular do’stini xafa qilganlarni qidirganini iddao qilishgan. Erkaklar yotoqxonaga metall quvur va avtomatga o‘xshagan narsa bilan bostirib kirishgan. U yerdagi narsalarni sindirib, yashovchilarni xonalardan chiqishga majburlashgan. Mushtlashuv natijasida ushbu yotoqxonada yashovchi kompaniyaning ikki xodimi tan jarohati olgan. Mulkga yetkazilgan zarar 59 ming rublga baholangan.

Pavlov shahrida yashovchi 31 yoshli fuqaro muhojirlar joylashgan yotoqxonada tartibsizlik qilgani va u yerda yashovchi ikki kishining sog‘lig‘iga zarar yetkazgani uchun yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Jinoiy ish sudga yuboriladi, deb xabar qildi Rossiya IIVning mintaqa bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Ikki sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha alohida ish ochilgan. Taxminlarga ko’ra, ular jazodan qochish uchun keyinroq Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan. Bezorilarning uchinchisi qamoqda. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ish allaqachon sudga oʻtish uchun tayyorlanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.