Milliy gvardiya Parkent tumanidagi dam olish joylarida patrullik qilishni boshladi

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Toshkent viloyati Parkent tumanida aholi dam oladigan ochiq joylarda ekologiya va sanitariya sohasida qoidabuzarliklar oldini olish maqsadida patrullik olib borishni boshladi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati “Anhor.uz”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ko‘rilgan choralar samarasi allaqachon sezilmoqda: hordiq chiqarayotgan fuqarolar chiqindilarni yig‘ishtirib, maxsus tashkil qilingan chiqindi idishlariga solmoqda. Shuningdek, patrullik xizmati natijasida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligi ham ta’minlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 13-oktabrda Milliy gvardiyaga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qoidabuzarliklarni aniqlash hamda mumkin bo‘lmagan joyga chiqindi tashlagan shaxslarga nisbatan bayonnomalar tuzish vakolati berilgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.