Milliy simfonik orkestri faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi

Joriy yil 22-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy va jahon mumtoz musiqa san’atidan aholini yanada kengroq bahramand etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida bu sohani yanada takomillashtirish choralari haqida fikr yuritilgan. Bu haqida Huquqiy axborot kanali xabar yozmoqda.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab, orkestrning:

  • badiiy-rahbar xodimlari uchun – 4,0 koeffitsiyentga;
  • oliy va birinchi toifali artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 4,0 koeffitsiyentga;
  • ikkinchi toifali va toifasiz artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 3,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilandi.

Davlat organlari, muassasalari va korxonalari o‘z xodimlarini milliy va jahon mumtoz musiqa san’ati asarlari bilan tanishtirishi uchun chiptalar va abonementlar sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, tajribali dirijorlar va orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyatini shakllantiriladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.