O‘zbekistonda yangi milliy turizm brendi yaratiladi
“O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, O’zbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendi (tanitish belgisi) yaratiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar bermoqda.
Turizm qo‘mitasi:
- 2024-yil 1-oktabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov o‘tkazadi;
- 2024-yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qiladi;
- 2024–2025-yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq bo‘lgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qiladi.
2025-yil 1-yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan 3 kundan kam bo‘lmagan biznes tadbirlarni O’zbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda solig‘ini ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Sharhlar