Qashqadaryoda bir ayol qaynotasining miltig‘i bilan o‘zini otib qo‘ydi

Foto: oruzheinik-spb.ru

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida fuqarolardan biri uyida beparvolik bilan saqlab kelgan ov miltig‘i otilib ketishi oqibatida ayol kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib xabar bermoqda.

Yakkabog‘ tumani “O‘rta” MFYda yashovchi Q.N. 2013 yilda o‘ziga biriktirilgan otish uchun yaroqli bo‘lgan “Toz-16” rusumli ov quroli va uning o‘qlariini saqlashda beparvolik qilgan.

Jumladan, u 2024 yil 22 sentabr kuni ov qurolini Husen qishlog‘ida joylashgan molxona binosi yonidagi omborxonada joylashgan seyfga tiqib qo‘yishni unutib, ochiqda qoldirgan.

O‘sha kuni soat 14:30 larda Q.N.ning kelini M.J. molxonani tozalash uchun kirgan va ehtiyotsizlik qilib qurolni seyfga joylamoqchi bo‘lgan. Shunda miltiq otilib ketgan va o‘q ayolning boshiga tegib uni jarohatlagan. Oqibatda ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holatda qurol saqlashda ehtiyotsizlik qilgan Q.N.ning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lgani uchun, 2024 yil 24 sentabr kuni unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 249-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.