Minbarlarsiz targ‘ibot uchrashuvi
“Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Maxmudova xorazmlik saylovchilar bilan partiya Saylovoldi dasturidagi g‘oya va maqsadlarni batafsil tushuntirish maqsadida an’anaviy minbarlardan voz kechib, noodatiy formatda uchrashuv o‘tkazdi.
Xorazmlik yoshlar, ayol-qizlar va nuroniylar bilan har bir davradagi samimiy suhbatlar davomida partiyaning keyingi besh yillik maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritildi. Robaxon Mahmudova saylovchilarning fikr-mulohazalarini diqqat bilan tinglab, o‘zaro fikr almashdi. Bu nafaqat partiya dasturini tushuntirish, balki aholining haqiqiy ehtiyojlarini anglash imkoniyatini berdi.
“Shuningdek, partiya yetakchisi tarixiy shaharning ko‘chalarida mahalliy aholi bilan birga sayr qildi. Shaharning boy merosi, madaniyati va an’analari bilan tanishib, hunarmandlar va tadbirkorlar bilan uchrashdi”, – deyiladi xabarda.
Bu noodatiy targ‘ibot uchrashuvi Xorazm viloyati aholisi tomonidan iliq qarshi olindi. Fuqarolar partiya yetakchisining ochiqligi va samimiyatidan mamnun bo‘lib, o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirishdi.
Uchrashuv yakunida “Bugungi muloqotlarimiz biz uchun juda muhim. Sizlarning fikr va takliflaringiz partiyamizning kelgusi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Biz birgalikda adolatli va farovon jamiyat qurishga intilamiz”, – deya ta’kidladi Siyosiy Kengash raisi.
Bunday uchrashuvlar partiyaning xalqqa yaqinligi va ularning manfaatlarini himoya qilishga bo‘lgan intilishini namoyon etmoqda. Xorazm viloyatidagi ushbu tashabbus boshqa hududlarda ham davom etishi rejalashtirilgan.
*Reklama huquqi asosida
Sharhlar