Iyul oyida Toshkentdagi yirik supermarketlarda 12 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar pasaygan
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning iyul oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.
Monitoring natijalari 12 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi. Narxlarning eng yuqori pasayishi pomidor (-64,3 foiz), banan (-31,9 foiz) va bodring (-31,1 foiz) mahsulotlarida qayd etildi.
9 nomdagi mahsulotning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: guruch, bug‘doy uni, shakar va boshqalar.
Tahlil qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari minimal narxining oshishi qayd etilmagan.
Ulashish:
Sharhlar