Mirobodda 24/7 soat ishlaydigan ko‘cha qurilmoqda

Foto: yandex.uz

Taras Shevchenko ko‘chasining 800 metr uzunligida joylashgan ushbu zamonaviy ko‘chada kafe, restoran, qandolatxona va qahvaxonalar 24/7 ish rejimida ishlay boshlaydi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qurilish ishlari jadal olib borilayotgan hududda piyodalar yo‘laklari, veloyo‘laklar, bolalar o‘yini maydonchalari va ko‘rgazmali sahna ham quriladi.

Qurilish ishlari sentyabr oyining ikkinchi yarmida yakunlanishi rejalashtirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.