Mirobodda sobiq bosh hisobchi tadbirkorlarning 951 mln so‘m pullarini qo‘lga kiritgani aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.F.”, “V.I.” va “V.V.” MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlagan X.G. ushbu korxonalarning rahbarlari A.I. va I.D.ning xabardorligisiz jami 951 mln so‘m pullarini o‘ziga tegishli bank plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar