Mironovning o’zbekistonlik migratlarga nisbatan chiqishga “otvet” qilindi

Avvalroq, Rossiyadagi “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” (SRZP) partiyasi raisi Sergey Mironovning  O‘zbekistonning o‘z fuqarolarini Rossiyada urushga yollanmasligi haqidagi ogohlantirishiga qarshi chiqqani va  buni esa u o‘zining X sahifasida yozib qoldirganligi haqida xabar bergan edik.

Bu bo’yicha “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov bunga javoban rossiyalik deputatga o’z fikrini bildirdi.

“Birinchidan, biz vatandoshlarimiz boshqa davlatning urushlariga jalb qilinishiga hech qachon rozi bo‘lmaymiz. Konsulligimiz fuqarolarimizni O‘zbekistonda noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilishi tabiiy va adolatli. Ikkinchidan, Vatandoshlarimiz o‘z mehnatlari bilan Rossiyaning iqtisodiyotiga hissa qo‘shyapti. Ijtimoiy nafaqalarni inson hayotiga tahdid qiluvchi harakat bilan solishtirish savodsizlik va ahmoqlikdir”, deya yozgan deputat o‘zining Telegram sahifasida.

Shuningdek, bundan oldin Mironovning ushbu gaplariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ham fikr bildirib, Rossiyani Mironovning o‘zi va yaqinlari himoya qilishi lozimligini aytgandi.

“Özbeklardek barakali xalq haqqini mehnat qilib topadi, odam öldirib emas. Rossiyani esa @mironov_ru öğillari, kuyovlari, nevaralari bilan himoya qilişi kerak. Bilişimça, ruslar ham Vatanni himoya qilişni özbeklardagidek muqaddas burç hisoblaydilar?”, -deya yozadi Spiker o’zining X dagi sahifasida. (Alisher Qodirov postini taklif qilingan alifbo asosida yozgan)

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.