Samarqandda Mironqul-Ohalik tog‘ida adashib qolgan fuqaro qutqarildi
Samarqand viloyatida Mironqul-Ohalik tog‘ida yo‘ldan adashgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda viloyat FVB.
17-avgust kuni soat 21:25 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 1 nafar fuqaro Samarqand tumani Mironqul mahallasidagi tog‘larda dam olish maqsadida chiqib, yo‘ldan adashib qolganligini ma’lum qilib, pastga tushub olishda yordam so‘rab murojaat qilgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 18-avgust kuni soat 01:30 da 2006-yilda tug‘ilgan fuqaro I.A Mironqul-Ohalik tog‘ining dengiz sathidan 1000 metr balandlikdan topilgan.
Ushbu fuqaroning xavfsizligi ta’minlangan holda tog‘dan pastga olib tushilgan. Fuqaroning sog‘lig‘i yaxshi, unga hech qanday tan jarohatlari yetmagan, deyiladi xabarda.
Sharhlar