Mirziyoуev Qozonga amaliy tashrifini yakunladi va Toshkentga qaytdi
О‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoуev Qozonga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytdi. Uni aeroportda Tatariston raisi Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Mirziyoуev “BRIKS plyus” sammitida nutq so‘zlagani haqida avvalroq yozgan edik.
U o‘z nutqida mojarolar kuchayishi, iqtisodiy tengsizlik va protektsionizm kabi global muammolarga qarshi kurashishda hamkorlik muhimligini ta’kidladi.
Mirziyoуev BRIKSning teng huquqlilik va suverenitetni hurmat qilishga asoslangan hamkorlikni mustahkamlashdagi rolini qayd etib, global institutlar islohotini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u Janub va Shimol mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoуev Tataristonning “Duslik” ordeni bilan taqdirlandi.
Sharhlar