Mirziyoуev Saudiya Arabistoni bilan investitsion hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Фото: president.uz

О‘zbekiston рrezidenti Shavkat Mirziyoуev Ar-Riyodga tashrifi doirasida Saudiya Arabistonining investitsiyalar vaziri Xolid al-Folih bilan uchrashdi. Uchrashuvda yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash rejalari muhokama qilindi.

О‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik faol rivojlanayotgani, tovar ayirboshlash va aviaqatnovlar soni ortib borayotgani ta’kidlandi. Yil oxirigacha Saudiya Arabistonidan 2,5 milliard dollarga yaqin sarmoya jalb etilishi kutilmoqda.

Yashil energiya, sog‘liqni saqlash va infratuzilmani modernizatsiya qilish sohasidagi loyihalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.