Mirziyoyev Oliy Majlis va hududlardagi vakillik organlariga saylovlarga munosabat bildirdi
Shu kunlarda yurtimiz muhim siyosiy voqea arafasida turibdi.
27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va hududlardagi vakillik organlariga saylovlar o‘tkaziladi.
Ushbu saylovlar yangilangan Konstitutsiyamiz belgilab bergan ijtimoiy-siyosiy muhitda, rivojlangan davlatlardagi kabi ilk bor aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi.
Siyosiy partiyalar tomonidan Qonunchilik palatasiga deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishda hurmatli ayollarimizning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
“Prezident bo‘lg‘usi saylovlar xalqaro saylov standartlari va milliy saylov qonunchiligiga to‘la muvofiq holda, kuchli raqobat muhitida bo‘lib o‘tishiga ishonch bildirdi hamda butun xalqimizni saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi”, – deyiladi xabarda.
Sharhlar