Mirziyoyev Putin bilan telefon suhbatini o‘tkazdi
24-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.
Prezident Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya va dalda so‘zlarini bildirdi.
O‘zbekiston Prezidenti bu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikni qat’iy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar o‘rtasidagi faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, 26-28 may kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidentining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Kelgusidagi, shu jumladan ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Sharhlar