Ziroat Mirziyoyeva FAO Bosh direktori o‘rinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili bilan uchrashdi
“Zamin” fondi Vasiylar kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning FAO Bosh direktori o‘rinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda fondning matbuot xizmati xabar qilyapti.
“Uchrashuvda biologik xilma-xillikni asrash, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik ta’limni ilgari surish bilan bog‘liq qo‘shma loyiha va tashabbuslarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi”, – deyilgan xabarda.
Tomonlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ongli iste’mol qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish zarurligi hamda barqaror ekologik mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirish muhimligini ta’kidlashgan.
Ulashish:
Sharhlar