Mirzo Ulug’bek tumanida skuter, Spark va Tracker ishtirokida yo’l transport hodisasi sodir bo’ldi
Joriy yilning 26-oktabr kuni soat 14:50 larda Mirzo Ulug’bek tumani Feruza ko’chasida haydovchi 2005 yilda tug’ilgan I.X. boshqaruvida bo’lgan skuter, haydovchi 1985-yilda tug’ilgan N.K. boshqaruvida bo’lgan Spark rusumli transport vositasi va haydovchi 1992-yilda tug’ilgan U.A. boshqaruvida bo’lgan Tracker rusumli transport vositalari to’qnashishi oqibatida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan. Bu haqida Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha yo’l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmasliklarini soʼraymiz.
Sharhlar