Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari gaz ta’mminotidan vaqtinchalik uziladi

Фото: Ixbt

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlariga 14-oktabr kuni soat 10:30 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqida “HUDUDGAZ POYTAXT” xabar bermoqda.

Quyidagi joylarda tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

“Asaka” MFY Asaka, Salar bo‘yi, Tamaraxonim, M.Gandi va M.Ismoiliy ko‘chalaridagi 350 ta yerli xonadon va 24 ta ko‘p qavatli uylardagi 1200 ta xonadon hamda Ulgurji iste’molchilar soni: 20 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi, deyiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.