Bugun Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Joriy yilning 9—10-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O’zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda O’zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi ma’lum qildi.
Tashrif dasturidan O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa ob’ektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.
Ulashish:
Sharhlar