Misr elchisi o‘zining О‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi
О‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Misrning respublikadagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan elchisi Amira Fahmi bilan uchrashdi. Bu haqda tashqi siyosiy idorasining rahbari o‘zining Telegram-kanalida yozgan.
“О‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misr elchisi Amira Fahmi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik, so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning sezilarli ijobiy dinamikasini qayd etishdan mamnunmiz”, – deyiladi xabarda.
О‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rahbari, shuningdek, Amira Fahmiga ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni boyitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.
Ulashish:
Sharhlar