Misrdan gepatitga qarshi dorilarning to‘rtinchi partiyasi keltirildi
Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S ga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar beryapti.
“Jami 6720 donadan iborat mazkur preparatlar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanishi belgilangan”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Misr hukumati 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSH dollarilik jami 800 ming dona “Daklatasvir”, Sofosbuvir” hamda “Entekavir” dori vositalarini yurtimizga beg‘araz ko‘mak sifatida taqdim etishni rejalashtirgan.
Ulashish:
Sharhlar