MMA bo’yicha 4 nafar hamyurtimiz finalda ringga tushadi
Toshkent mezbonlik qilayotgan aralash jang sanʼati (MMA) turlari boʻyicha jahon chempionatida bugundan final bahslari oʻtkaziladi. Dasturga koʻra, soat 16:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi, 17:00 dan esa final bahslari start oladi. Kattalar oʻrtasidagi oʻtkaziladigan bugungi janglarda Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar aʼzosi ishtirok etadi. Juftliklar bilan tanishing:
-52.2 kg: Qarshi Usmonov – Yerulan Kabdulov (Qozogʻiston)
-61.2 kg: Jamshid Tillayev – Samba Simba (Fransiya)
-65.8 kg: Zafar Rashidov – Samgat Shabdan (Qozogʻiston)
-97 kg: Asrorbek Anvarjonov Befode Gassama (Fransiya)
Ulashish:
Sharhlar