O‘zbekistonda “zapravka”larda gaz bor-yo‘qligini kuzatish uchun mobil ilova ishga tushiriladi
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatini nazorat qilish uchun mobil ilova ishga tushirilishini ma’lum qildi.
U qishki davrda avtomobil egalariga yordam berishi kutilayotgan yangi loyiha haqida e’lon qildi. Endi real vaqt rejimida gaz quyish shoxobchalari ishini va ularda gaz bor-yo‘qligini kuzatib borish mumkin bo‘ladi. Buning uchun mobil ilova ishga tushiriladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizim butun mamlakat bo‘ylab 1200 ta avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalarini qamrab oladi. Foydalanuvchilar nafaqat gaz bor-yo‘qligi haqida, balki muayyan shoxobchaga qachon gaz kelishi haqida ham ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi.
Ulashish:
Sharhlar