O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 12 pog‘ona ko‘tarildi
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida o‘tgan oyda 12 pog‘ona ko‘tarildi, 2020-yilga nisbatan esa 56 pog‘ona ko‘tarildi. Bu haqda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
“Ya’ni aholi o‘sishi va narxlar saqlangan holda ko‘proq mobil internetga ega tariflar ko‘payib, tarmoqqa talab kundan-kunga ortishiga qaramay, o‘rtacha tezlikni oshirish bo‘yicha operatorlar reytingdagi boshqa ko‘pgina davlatlardagidan ko‘ra ko‘proq harakat qilishmoqda. Albatta bu xali yetarli emas, internet tezligini va sifatini oshirish bo‘yicha operatorlarimiz yanada ko‘proq harakat qilishlari zarur”, — deb yozadi vazir.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil aprel oyida O‘zbekiston “Speedtest Global Index”ning mobil internet tezligi reytingida 88-o‘rinni egallagan edi.
Sharhlar