Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi

Фото: t.me/hidoyatov_bsh

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Mo‘g‘ulistonning Toshkent shahridagi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mo‘g‘uliston Prezidenti, O’zbekiston Bosh vaziri va boshqa rasmiylar Mo‘g‘uliston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.