Mo‘g‘ulistonning yangi elchisi O‘zbekistonda ish boshladi
Daadanxuu Batbaatar Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Telegram-kanalida.
Xabarga ko’ra, Batbaatar Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.
“Bugungi kun tartibimizdan oliy darajadagi bo‘lajak muloqotlar jadvali, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, qo‘shma istiqbolli loyihalar ishlab chiqish, barcha sohalarda yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan. Janob elchiga O‘zbekistondagi missiyasi davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar