Moldovada prezidentlik saylovida Mayya Sandu g‘alaba qozondi

Foto: ochiq manba

Moldovaning amaldagi prezidenti Mayya Sandu prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. To’plangan ovozlarning 99,5 foizini qayta ishlagandan so‘ng, Sandu 55,25 foiz natija bilan yetakchilik qilmoqda. Uning raqibi, sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglo 44,75% ovozga ega.

Sandu barcha saylovchilarga, ham o‘zi, ham raqibi uchun ovoz berganlarga minnatdorchilik bildirdi va ularning tanlovidan qat’i nazar, mamlakatning barcha fuqarolarini tinglashga va’da berdi.

“Moldova, bugun siz g’alaba qozondingiz. Biz hamjihatligimiz, demokratiyamiz va munosib kelajakka sadoqatimiz kuchini birgalikda namoyon etdik. Tashakkur, uyda va xorijdagi aziz moldovaliklar”, — deb yozdi Sandu X ijtimoiy tarmog‘ida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.