Moratoriy davrida qum-shag’al qaziganlar tabiatga 183 milliarddan ortiq zarar yetkazdi

Foto: daryo.uz

Toshkent viloyatida tungi reyd tadbiri o’tkazilganida, Quyi Chirchiq tumani hududidan oqib o’tuvchi Chirchiq daryosi muhofaza mintaqasidan texnika vositalari yordamida qum-shag’al qazib olinayotganligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-maydan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilingan.

Holat natijasida Vazirlar Mahkamasining “Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi 666-sonli qaroriga  asosan tabiatga 183 milliard so’mdan ortiq zarar yetkazilganligi ma’lum bo’ldi.

Maxsus texnika vositalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 291-moddasi tegishli bandiga asosan vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi. Holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun hujjatlar Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.