Moskva oblastida SSJ 100 samolyoti quladi

В Подмосковье упал SSJ 100

Moskva oblastida yo‘lovchilarsiz parvoz qilayotgan qisqa masofaga uchuvchi Sukhoi Superjet 100 samolyoti qulab tushdi. uning bortida uch kishidan iborat ekipaj bo‘lgan, ularning barchasi – ikki uchuvchi va styuardessa halok bo‘lgan. Samolyot texnik xizmat ko‘rsatish ishlaridan so‘ng boshqa joyda o‘rnashish uchun uchib ketayotgan edi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Samolyot “Gazprom Avia” kompaniyasiga tegishli edi. U 2014-yilda ishlab chiqarilgan va 2015-yilda parvoz qila boshlagan. Ta’mirlash uchun yuborilgan. “Kommersant” nashrining manbasiga ko‘ra, samolyot GZP9608 boshqa joyga o‘rnashish uchun uchib ketayotgan bo‘lgan. Samolyot Luxovitsi (Tretyakovo) – Moskva (Vnukovo) yo‘nalishi bo‘ylab uchgan.

Bugun kunduzi samolyot P. A. Voronin nomidagi Luxovitsi aviatsiya zavodidan havoga ko‘tarilgan. Moskva vaqti bilan soat 15:00 da radardan g‘oyib bo‘lgan. Kolomna yaqinidagi Apraksino qishlog‘i yaqinida kulagan. Undan oldin u uchish eroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirish uchun yoqilg‘ini tugatish maqsadida uzoq vaqt aylanib uchgan. Ekipaj avariya signallarini bergan.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, falokat samolyot orqaga burilib, Luxovitsidagi Tretyakovo aerodromi tomon yo‘nalganida, uchish-qo‘nish yo‘lagigacha yigirma kilometr qolganida sodir bo‘lgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.