Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
23-mayga o‘tar kechasi Moskva viloyati, Istra shahri, Padikovo qishlog‘ida joylashgan yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, yonib ketgan uyda 20 ga yaqin xorijliklar yashagan, ulardan 11 nafari O’zbekiston fuqarolari.
Yong‘in oqibatida 8 nafar kishi halok bo‘lgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Yong‘in oqibatida vafot etganlarning shaxsini aniqlash uchun Istra shahar sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Mazkur ish bo‘yicha tergov organi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Vaziyat elchixonaning Konsullik bo‘limi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi nazoratida ostida.
Sharhlar