Moskvada o‘zbekistonlik enaga chaqaloqning o‘limida ayblanmoqda
Moskvada o‘zbekistonlik enaga ehtiyotsizlik oqibatida olti oylik bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi 78.ru nashri.
Voqea 15-oktabr kuni sodir bo’lgan. Enaga bolani cho’miltirayotganida tasodifan tashlab yuborgan va u boshini vannaga urgan. Shundan so’ng chaqaloqning isitmasi ko’tarilgan, enaga unga Nurofen bergan, ammo, konvulsiyalar boshlangan va bola hushini yo’qotgan.
Tez yordam chaqirilgan, ammo chaqaloqni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. O’limning dastlabki sababi – miya shikastlanishi. Tergov o‘tkazilib, enagaga nisbatan chora ko‘rish masalasi hal qilinmoqda.
Ulashish:
Sharhlar