Moskvadagi Islom Karimov haykali poyiga cho‘chqaning boshi qo‘yildi
Rossiyada muhojirlardan norozilik belgisi sifatida Islom Karimov haykali yoniga cho‘chqaning boshi qo’yib ketildi. Bu haqda Telegram kanallari xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, nomaʼlum shaxslar choʻchqa kallasini qo’yib, “Bu poytaxtimizga bostirib kirib, uni chiqindixonaga aylantirgan barcha kofirlarga ogohlantirish, xolos. Ruslarning sabri tugayapti. Bizning Moskvada o’z qoidalarini belgilashga va ayollarimiz bilan munosabatlarni boshlashga ruxsat bermaymiz! Rossiya ruslar uchun”, – degan.
Hozircha bu voqeani rasmiy va huquq-tartibot idoralari tomonidan tasdiqlanmagan.
Ulashish:
Sharhlar