Moskvadagi tungi klubda katolik rohibasi kiyimidagi yigit hibsga olindi

Foto: SOTAvision

4-noyabrga o‘tar kechasi xavfsizlik kuchlari Moskva markazida joylashgan Sretenkadagi barga katolik rohibasi kiyimidagi yigitni hibsga olish uchun kelgan.

“Men unga yaqinlashdim, nima uchun bunday qilganini va xochni olib tashlashni so’radim. U xochni olib tashlamasligini aytdi. “Xellouinni shunday nishonlayman” (bu Xellouin bayramida sodir bo’lgan) deb javob berdi yigit. Oxiri politsiyaga qo’ng’iroq qildim va uning ustidan bayonnoma tuzildi”, -degan guvohlar.

Arizada taqvodor katoliklar yigitga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atishni so’ragan va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 148-moddasi ilova qilishgan. Ammo, hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.