Saida Mirziyoyeva: “Diyora — ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan qizlar uchun motivatsiyadir”
Kecha, 28-iyul kuni XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi -52 kg. vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorovani O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham muborakbod etdi.
“Bugun o‘zbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi — Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi!” — deb yozdi u Telegram-kanalida.
“Dzyudochi Diyora Keldiyorova — O’zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o’yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo’yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi.
Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya hamdir!
Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi!” — deyiladi postda.
Sharhlar