MRB О‘zbekistonda o‘lim darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) dunyo bo‘yicha o‘lim darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Markaziy razvedka boshqarmasi reytingida О‘zbekiston har 1000 kishiga 5,1 o‘lim ko‘rsatkichi bilan 229 davlat orasida 190-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan olingan natijalar:
Qozog‘iston – 84-o‘rin;
Qirg‘iziston – 152-o‘rin;
Turkmaniston – 154-o‘rin;
Tojikiston – 205-o‘rin.
Har 1000 kishiga 18,6 ko‘rsatkich bilan Ukraina yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarda Litva (15,2), Serbiya (14,9), Latviya (14,7) va Ruminiya (14,6) joy olgan. Eng past ko‘rsatkich Qatarda – 1,4.
Ulashish:
Sharhlar