Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv boshlandi

15-fevraldan boshlab tuman mudofaa ishlari bo‘limlarida muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlari boshlangan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Anjumanda vazirlik bo‘limlari faoliyatini raqamlashtirish natijalari hamda fuqarolarni navbatdagi chaqiruvda muddatli harbiy xizmatga chaqirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xabarga ko‘ra, “Qurolli Kuchlar safini jismonan baquvvat va ruhan sog‘lom fuqarolar bilan to‘ldirish maqsadida muddatli harbiy xizmatga chaqirilish tartibi ikki bosqichda amalga oshiriladi”.

Birlamchi tibbiy ko‘rik – tuman, shahar mudofaa ishlari bo‘limlari chaqiruv punktlarida hududiy tibbiy komissiyalari tomonidan hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalaridagi yig‘in punktlarida harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.

MIBB chaqiruv punktida hududiy-tibbiy komissiyalar bir ish kunida 50 nafar, MIB yig‘in punktida esa 100 nafar chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari tibbiy ekspert hujjatlariga kiritiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.