Mudofaa vazirligi fuqarolar va OAV vakillariga murojaat qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq Sharqiy harbiy okrug hududida rejaviy mashg’ulotlar amalga oshirilmoqda. Bu haqida Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.
“Shu munosabat bilan fuqarolardan yo’llarda harbiy texnikalar harakati davomida yo’l harakati xavfsizligiga rioya qilishingizni so’raymiz”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, Respublikadagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmaslik so’ralgan.
Ulashish:
Sharhlar