Tarmoqlada muftiy Nuriddin Xoliqnazarov nomidan yolg‘on videolar tarqatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning videotasviriga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berish orqali, go‘yoki mazkur telegram kanali pulga muhtoj insonlarga yordam beradi deya ta’kidlanib, Internet foydalanuvchilariga tez fursat ichida mo‘may daromad olishni va’da qilib, virtual firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tarqatayotgan xabarlar tarqatilmoqda.

“Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi. Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz”, – deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.