Muhandislik tanlovida g‘olib bo‘lganlar chet davlatlarga stajirovkaga jo‘natiladi
Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi.
Sho‘ba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi.
Kelgusi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.
Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham ta’sischi bo‘lishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard so‘mgacha buyurtmani to‘g‘ridan to‘g‘ri berishi mumkin bo‘ladi.
Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.
Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovda o‘qituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Birinchi o‘ringa elektromobil beriladi.
Shuningdek, g‘oya, loyiha va ixtiro muallifi bo‘lgan eng zo‘r 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.
Bu maqsadlar uchun har yili 15 milliard so‘m ajratiladi.
Sharhlar