Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamentiga yangi rahbar tayilandi

Foto: Ekologiya vazirligi

Akramxo’jayev Salohiddinxoʻja Maʼrifxoʻja oʻgʻli Ekologiya, atrof-muhitni muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirining tegishli buyrug’i bilan vazirlik tasarrufidagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.

Salohiddinxo’ja Akramxo’jayev 2013-yilda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bakalavr, 2015-yilda Buyuk Britaniyaning Kardiff universitetida magistratura bosqichini tamomlagan. Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimida, Toshkent shahar hokimligi tizimida, Iqtisodiyot va sanoat vazirligida, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Ekologiya vazirligining Strategik rejalashtirish, metodologiya va tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.